``BAHOROY``
Osmonlarga uchayapman men
Samolarni quchayapman men
Do`stim nahot sezayapsan sen
Axir keldi men kutgan bahor

Bahor keldi fasli kelinchak
Yeru ko`kda bo`ldi tantana
Daraxtlaru gullar ona yurt
Yashillika ko`mildi olam

Sog`intirgan sumalak sayli
Xalim qildik keldi ko`klamoy
Chuchmomalar qizlar chiroyli
Kelinchakdek bezanib keldi bahoroy.

``MEHR OQIBAT``
Mehrni axtarma
Yurakdan qidir
Bir g`azal singari
Qalbingda tursin
Yahshilar aytgandek
Bir hikmat birki
Mehr abadiydir
Oqibat mangu.

``OTA ONA``
Oqsut berib
Katta qilgan
Onajonim jonajonim

Mehr berib
Ulg`ytirgan
Otajonim ulug` nomim

Sizlarga bersin ollox
Uzin umr hayotin
Qizlaringiz baxtiga
Omom bo`ling ilyim.


``GO`ZAL SURHON``
Biz yashaymiz surxonda
Qadim turon Termizda
Manzaraga boy o`lkam
Yahshilari ko`p ol`lkam

Undan olamiz nafas
Yurakdan chiqarmaymiz
Undan o`rgandik ta`lim
Hech toddan chiqarmaymiz
Zukkolari ko`p o`lkam
Kelajakka boy o`lkam

Senga tilaymiz doim
Yo`llaring porloq bo`lsin
Bizday farzandlaringa
Quchog`ing to`lib tursin

Guzorlari gul o`lkam
Go`zal surxon dur o`lkam.

O`zbekiston
Noming jodir yurakda
Iqboli kulgan yurtim
Tarifing bordir tilda
Jon kuyarim o`z xalqim

Dovrug'ingdir jahonda
Taralgan jo`shqin diyor
Kimda kimlar eshitsa
Deyishar O`zbekiston

Qo`limda yangroq torim
Aytaman noming har-on
Dilimdasan ona yurt
O`zbekiston o`zbegim.

Ona tabiat
Bir zumda yog`adi yomg`r shidirab
Gohida esadi mayin shabboda
Quyosh chiqib sochadi nurin
Xatto hayot borkan sahroda

Faslar kuladi o`z zavqi bilan
Borliqda kezadi ajoyib hilqat
Bizga benazardir barcha nematlar
Axir shuda ona tabiat


Sheriyat makoni
Biz yosh kelajakning vorislarimiz
Ajdod bobolarni avlodlarimiz
Bizni qalbimizda bong urar sado
Der sizlar sheriyat sadolarimiz.

Mir Alisher bobomiz o`tilar shoir
Temur bobomizda tan berdi dunyo
Boburiy Zulfiya shoir Nazriyni
Tan oldi tanir butun osiyo

Zamona ortidan qaytmaganidek
Zilol suv teskari oqmas ekan soy
Bizga meros qoldi sheriyat marsuh
Alp yigit Alpomish yigit barchinoy qizlar.

So`ngi qo`ng`iroq
Mana bugun so`ngi qo`ng`iroq
Xayr deymiz ko`zkar to`la yosh
Konglimizda yaltirar chiroq
Endi xayr qadrli sinfdosh

Ko`rishsakda yillar o`tib biz
Ko`p damlarni esga olamiz
Mayli ayriliq bo`lsa ham yo`llar
Baribir sinfdosh bo`lib qolamiz

Shu onlar shu chehra bo`lsin abadiy
Sinfdosh qalbida mehrlansin
Bu kunlar bizlardan bo`lib hotira
Esga olgulik damlar bo`lsinda.

Bir bolakay amakisidan so'rabdi;
-Amaki siz ormonda tug'ilganmisiz?
_yo'q ,kim ayti senga?
_Dadam . Sizni ko'rib <ana qarito'nka
kelayapti>dedi -ku.

"Ustozlar"
Omon bo`lsin aziz boshingiz
Halol bo`lsin yegan oshingiz
Ko`rinmasin ko`zda yoshingiz
Mehnat sevar aziz ustozlar

Mehr to`la ko`zlaringizda
Ma`no ko`pdir so`zlaringizda
Zahmat chekkan yuzlaringizda
Mehnat sevar aziz ustozlar

Bugun oldingizda egajakmiz bosh
Ko`ksimizda qo`limiz sizlarga qilib ta`zim
Xayrlashmoqdamiz ko`zlar to`la yosh
Xayr ustoz xayr muallim.

``MAKTAB``
Ilk bora maktabga qadam qo`ydim men
Qalbimda O`zgacha xis quvnab borardim
Tinmayin ustozlar bergan sabog`in
Mehgr bilan tinglab uqib borardim

Maktabda sinfdosh do`st dugonalar
Birga o`ynar edik suxbatlar qurib
Xafa bo`lsak agar bir-birimizdan
Goxo ketar edik yuzimiz burib

Qaranki oradan o`tibdi yillar
O`qidik o`ynab bilimlar oldik
Soatlarni sanab o`tirar edik
Ajralish vaqti keldi biz ketolmadik

Nahotki ketsak bizlar ajralib
Naxotki qaytmasa maktab davrimiz
Yuragim to`lg`onar qo`llarim muzdek
Xamon yurakdadir xayajonimiz


`` XAYR DARGOH``
Mana bugun keldi hayajonli kun
Qalbimiz entikdi porladi quyosh
Yuragimiz edi go`yoki tutqin
Mehrimiz tushardi ko`zga keldi yosh

Imtihondan o`tdik a`lo bahoga
Qo`limizda qog`oz otlandik yo`lga
Nasib etsa oily dargoxlarga biz
Qo`larimizni tashladik qo`lga

Xayr ona dargoh mehribongiman
So`g`insak bag`ringa kelib turamiz
Xayr ustozlarim onajonlarim
Bergan bilimingiz bizlar oqlaymiz


``CHEHRA``
Bir go`zal chehraga nogoh tushdi ko`z
Tabassum qilgandi menga otashin
Go`zalligin tariflashga xatto ojiz so`z

Go`zal chehra uyalib egardi boshin
Xayolimdan ketmaydi u chehra mudom
Bir umr beradi menga iztirob.


`` ONAMGA``
Ona uch harfdan iborat bir so`z
Biroq so`z zamiri ma`nolarga boy
SHu so`zda mujassam mehr ila yuz
Siz xam ona mehrini tushunarsiz xoynahoy

Beshiklarni quchadi kunga ulab tun
Onajon tarifing lol qildi bizni
So`zlashga ojiz til topilmadim
Kuyinchakdek doim o`ylaysan bizni

Birimizni qoshim birimizni ko`z
Bir parcha go`sht edik etsiz jonimiz
Mana qara o`sibdi ancha bo`yimiz
Jaxonga tarifing etamiz ko`z-ko`z

Onajon sendadir bizni o`yimiz
Bugun inson bo`lib senga talpindik
Seni alishmaymiz tillo durlarga
O`n sakiz mimg olamning yoritguvchi sen