Ming to`qqiz yuz sakson sakkizinchi yil
Tug`ildim izg`irin qish dekabrida
Onam va dadamning yuzida quvonch
Chunki oilani to`ng`ichi bo`ldim

Ismimni qo`yishdi
Go`zal , Xursanoy
Chehrasida bo`lsin doim quvnoqlik
SHirin tilaklarda buvi so`zlardi

Onam va dadamning erkasi bo`ldim
Dadamning fahriyu nomusi bo`ldim
Onamning o`ng qo`li dastyori bo`ldim
Chunki oilaning bosh qizi edim

Keyin dunyo yuzini
Ko`rdi to`rt singlim
O`g`iloy, Zaxru-yu
Sitora , Zebo

Bizlarni boshimiz
Silaydi onam
Qizlarim deb suyib
Quchar jon dadam.

Aziz do`stlarim meni yaratgan saitim sizlarning qalbingizda
Ozgina bo`lsada joy olsa bundan benihoya xursand bo`lardim.
Sizlarga omad va baxt , sog`lik va salomatlik, bu go`zal dunyoda
Faqat va faqat zamon bilan hamnafas umr sizlarga yor bo`lsin.
Shirin tilaklar ila do`stingiz……